logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» — «Selta» uchrashuvi oldidan prognozlar e'lon qilindi

 22 APREL, 2026, 11:54

Bugun, 22 aprel kuni futbol bo'yicha Ispaniya chempionatining 33-turi doirasida peshqadam «Barselona» o'z maydonida «Selta» jamoasini qabul qiladi.

Mutaxassislar va ekspertlarning fikriga ko'ra, bo'lajak bahsda kataloniyaliklar mutlaq favorit hisoblanadi. Tahlillar «Barselona»ning g'alaba qozonish imkoniyatini 76,6 foizga baholamoqda. Mehmonlar — «Selta»ning muvaffaqiyati esa bor-yo'g'i 9,6 foiz etib belgilangan. Uchrashuvda durang qayd etilishi ehtimoli 13,8 foizni tashkil etmoqda.

Ma'lumot uchun, jamoalar o'rtasidagi so'nggi uchrashuv 2025 yilning 9 noyabr kuni bo'lib o'tgan edi. O'shanda «ko'k-anorranglilar» raqib ustidan 4:2 hisobida ishonchli g'alabaga erishgan.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda «Barselona» turnir jadvalida eng yaqin ta'qibchisi — Madridning «Real» klubini 6 ochkoga (zaxira o'yinini inobatga olgan holda) ortda qoldirib, yakkapeshqadamlik qilmoqda. Vigoliklar bilan bahsdagi g'alaba jamoaning chempionlik imkoniyatlarini yanada mustahkamlashi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ