logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe uzoq masofadan gollar bo'yicha shaxsiy rekordini yangiladi

 22 APREL, 2026, 09:36

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya La Ligasining 33-turida «Alaves»ga qarshi o'yinda (2:1) gol urdi va shaxsiy rekordini yangiladi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida u jarima maydoni tashqarisidan zarba berib, hisobni ochdi. To'p rikoshetdan so'ng darvoza to'riga kirdi. Bu gol frantsuz futbolchisi uchun joriy 2025/26 mavsumda barcha musobaqalarda uzoq masofadan urilgan 8-gol bo'ldi.

Shu tariqa Mbappe o'zining shaxsiy rekordini yangilabgina qolmay, balki Evropaning top-5 chempionatlari futbolchilari orasida ushbu ko'rsatkich bo'yicha etakchiga aylandi. Bu haqda Opta Sport ma'lum qildi.

Joriy mavsumda Mbappe «Real» safida 40 ta o'yin o'tkazib, 41 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ