logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. «Brayton end Xouv Albion» «Chelsi»ni yirik hisobda mag'lub etdi (videosharh)

 22 APREL, 2026, 08:34

Angliya Premer-ligasining 34-turidan o'rin olgan «Brayton end Xouv Albion» — «Chelsi» uchrashuvi yakunlandi. «Amerikan Ekspress» stadionida bo'lib o'tgan bahsda maydon egalari 3:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida Ferdi Kadio'glu hisobni ochib, «chaykalar»ni oldinga olib chiqdi. 56-daqiqada Jek Xinshelvud jamoasining ustunligini mustahkamladi. 90+1-daqiqada Denni Uelbek uchinchi golni kiritib, yirik hisobni rasmiylashtirdi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Brayton end Xouv Albion» 50 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'ringa ko'tarildi. «Chelsi» esa 48 ochko bilan 7-pog'onaga tushdi.

Angliya — Premer-liga. 34-tur
21 aprel 2026 yil. Brayton end Xouv, «Amerikan Ekspress»
«Brayton end Xouv Albion» — «Chelsi» 3:0
Gollar: Kadio'glu 3 (1:0), Xinshelvud 56 (2:0), Uelbek 90+1 (3:0)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ