logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

La liga. «Real» Mbappe va Vinisius gollari evaziga «Alaves»ni mag'lub etdi

 22 APREL, 2026, 08:18

Ispaniya La Ligasining 33-turidan o'rin olgan «Real» — «Alaves» uchrashuvi bo'lib o'tdi. Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida o'tkazilgan uchrashuvda maydon egalari 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdagi ilk gol 30-daqiqada «Real» hujumchisi Kilian Mbappe tomonidan kiritildi. 50-daqiqada qanot hujumchisi Vinisius Junior jamoasining ustunligini mustahkamladi. 90+3-daqiqada mehmonlar hujumchisi Toni Martines bir gol urdi va yakuniy hisobni 2:1 ko'rinishida belgiladi.

Ispaniya chempionatida 32 ta o'yindan so'ng «Real Madrid» 73 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. «Alaves» esa 33 ochko bilan 17-pog'onada joylashgan.

Keyingi turda «Real» 24 aprel kuni safarda «Betis»ga qarshi maydonga tushadi. «Alaves» esa bir kun o'tib, o'z maydonida «Malorka»ni qabul qiladi.

Ispaniya — Primera. 33-tur
21 aprel 2026 yil, seshanba. 22:30 (MSK)
«Real Madrid» (Madrid) — «Alaves» (Vitoriya) 2:1
Gollar: Mbappe 30, Vinisius Junior 50 — Martines 90+3

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ