Rafael Markes JCh-2026dan so'ng Meksika terma jamoasini boshqaradi
21 APREL, 2026, 23:36
«Barselona»ning sobiq himoyachisi Rafael Markes 2026 yilgi Jahon chempionatidan so'ng Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadi.
Hozirda 47 yoshli mutaxassis 67 yoshli Xaver Agirrening murabbiylar shtabida faoliyat yuritmoqda. 2024 yilda Meksika futbol federatsiyasi (FMF) Rafaelni kataloniyaliklarning ikkinchi jamoasidan terma jamoaga olib kelish uchun «Barselona»ga 2 million evro tovon puli to'lagan.
«Rafael bilan shartnoma imzolab bo'lingan. U yordamchi murabbiy sifatida ham, bosh murabbiy sifatida ham o'yinchilik davridagidek: jamoani tubdan o'zgartira oladi», – dedi FMF sport direktori Duilio Davino Fox Sports efirida.
