logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Brentueyt JCh-2026ni o'tkazib yuborishi mumkin

 21 APREL, 2026, 23:30

«Everton» himoyachisi Jerred Brentueyt jarohati sababli joriy mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi va katta ehtimol bilan 2026 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok eta olmaydi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Futbolchi Angliya Premer-ligasi 33-turi doirasida bo'lib o'tgan «Liverpul»ga qarshi bahsda (1:2) o'ng oyoq tizza osti payidan jarohat oldi. O'yinning 87-daqiqasida maydonni zambilda tark etgan Brentueyt keyinroq «Xill Dikinson» stadionidan qo'ltiqtayoqda chiqib ketgan.

Joriy mavsumda Brentueyt «Everton» safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, bittadan gol va golli uzatmani amalga oshirgan edi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 45 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ