«Arsenal» yozda katta transferni amalga oshirmoqchi
21 APREL, 2026, 23:12
Londonning «Arsenal» klubi yozgi transfer oynasi oldidan «Atletik Bilbao» hujumchisi Niko Uilyamsga bo'lgan qiziqishini yanada kuchaytirdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli futbolchining shartnomasida 90 million evro miqdorida tovon puli belgilangan. Biroq «kanonirlar» Uilyamsning transferini 50 million funt sterling (taxminan 57,5 million evro)ga baholamoqda. Qayd etilishicha, «Atletik» hujumchi borasidagi jiddiy takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Joriy mavsumda Uilyams barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2035 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati hozirda 50 million evroni tashkil etadi.
