logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kolo-Muani «Liverpul»ga o'tishi mumkin

 21 APREL, 2026, 23:06

«Liverpul» klubi mavsum yakunida jamoani tark etadigan Muhammad Salohga o'rinbosar sifatida Randal Kolo-Muani nomzodini ko'rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Manbaning ta'kidlashicha, hozirda ijara asosida «Tottenxem»da to'p surayotgan «PSJ» hujumchisini o'z safiga qaytarishga «Yuventus» ham qiziqish bildirmoqda. Kolo-Muani o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini Turin klubida ijarada o'tkazgan edi va endilikda Italiya klubi frantsiyalik futbolchining transferini to'liq sotib olishni rejalashtirmoqda.

«Byankoneri» futbolchining Turinga qaytish istagiga ishonmoqda, biroq bunda jamoaning keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

Qayd etilishicha, Kolo-Muanining transfer bahosi taxminan 35 million evroni, yillik maoshi esa qariyb 7 million evroni tashkil qilishi mumkin. «Yuventus» allaqachon futbolchining vakillari bilan faol muzokaralar olib bormoqda.

Ma'lumot uchun, APLning joriy mavsumida Kolo-Muani «Tottenxem» safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ