logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nima uchun «Chelsi» chempionlik uchun kurasha olmayapti? Chex tahlil qilib berdi

 21 APREL, 2026, 22:54

«Chelsi»ning sobiq darvozaboni Pyotr Chex London klubining joriy mavsumdagi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Menimcha, bugungi kunda jamoaga nazar tashlasangiz, mavsum davomidagi barqarorlikning yo'qligi, murabbiylar almashinuvi va tarkibdagi ko'plab o'zgarishlarni ko'rasiz. Bu shuni anglatadiki, jamoada hali shakllangan asosiy o'zak va barqarorlik mavjud emas. Buning uchun esa vaqt kerak.

Hozirgi «Chelsi»ni «Manchester Siti», «Arsenal» yoki boshqa jamoalar bilan raqobatlasha oladigan darajada barqaror deb hisoblamayman. Jamoada nimadir etishmayapti — ehtimol, tajriba yoki katta o'yinlarda qatnashib, sovrinlar yutgan futbolchilar kamlik qilayotgandir. Ayni damda klubda iqtidorlar ko'p, ammo tajriba etishmasligi ochkolar yo'qotilishiga sabab bo'lmoqda», — dedi Chex Canal+ telekanaliga bergan intervyusida.

Hozirda «Chelsi» APL turnir jadvalida 33 turdan so'ng 48 ochko jamg'argan holda oltinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ