logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Luis Enrike «PSJ» bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma'lum bo'ldi

 21 APREL, 2026, 22:24

Parijning «PSJ» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa bilan hamkorlikni davom ettiradigan bo'ldi. Diario AS nashrining xabariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis klub bilan 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan yangi kelishuvni kelishib olgan.

Yangi shartnoma imzolangani haqida mavsum yakunlanganidan so'ng rasman e'lon qilinishi kutilmoqda. Hozirda murabbiy bor e'tiborini mavsumning hal qiluvchi bosqichiga qaratgan bo'lib, Frantsiya chempionati va Chempionlar ligasida g'olib chiqishni maqsad qilgan.

Eslatib o'tamiz, Luis Enrike 2023 yildan buyon «PSJ»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida parijliklar salmoqli yutuqlarga erishishdi:

Evropa Chempionlar ligasi g'olibi (1 marta);

UEFA Superkubogi va Qit'alararo kubok sohibi;

Frantsiya chempioni (2 marta) va Frantsiya kubogi sohibi (2 marta);

Frantsiya Superkubogi sohibi (3 marta).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ