logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik «Barsa»da qolmoqchiligini e'lon qildi

 21 APREL, 2026, 21:42

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik «Selta»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida klubdagi kelajagi borasidagi rejalari bilan o'rtoqlashdi. 61 yoshli mutaxassis kataloniyaliklar bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanini ochiq ma'lum qildi.

«Men shartnomani uzaytirishni rejalashtiryapman. Bu borada mutlaqo samimiyman. Bu erda meni eng yaxshi sharoitlar va insonlar qurshab turganini his qilyapman. Kareram, oilam va hozirgi holatimdan juda baxtliman», — deya Flikning so'zlaridan iqtibos keltiradi Marca.

Germaniyalik mutaxassisning «ko'k-anorranglilar» bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Eslatib o'tamiz, Flik boshqaruvida «Barselona» allaqachon Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ