logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Daniya klubi futbolchisi pichoqbozlik oqibatida og'ir jarohat oldi

 21 APREL, 2026, 20:30

Daniyada pichoq bilan qilingan hujum natijasida “Midtyulland” klubining gvineyalik yarim himoyachisi Alamara Jabi ikki marta jarrohlik amaliyotini o'tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ko'ngilsiz hodisa o'tgan dam olish kunlari Xerning shahrida sodir bo'lgan. Futbolchi shifoxonaga o'ta og'ir ahvolda olib kelingan va zudlik bilan operatsiya qilingan.

“U yana bir operatsiyani o'tkazdi. Qutqaruvchilar, so'ngra shifokorlarning professional harakatlari tufayli uning ahvoli hozirda barqaror. U sun'iy koma holatidan chiqdi va mavjud vaziyatni hisobga olgan holda o'zini yaxshi his qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Jabi 19 yoshda. U 2025 yilning sentyabridan buyon “Midtyulland” sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda futbolchi turli turnirlarda sakkizta o'yinda maydonga tushdi, biroq samarali harakatlarni amalga oshirmadi.

Hozirda “Midtyulland” Daniya Superligasining “A” guruhida ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoa so'nggi bor 2024 yilda chempionlikni qo'lga kiritgan edi va ayni damda peshqadam AGF jamoasidan ikki ochko ortda qolmoqda.

Avvalroq, Gana chempionatining “Berekum Chelsi” klubi hujumchisi Dominik Frimpong jamoa avtobusiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida vafot etgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ