logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Merson: «Koul Palmerning «Manchester Yunayted»ga o'tishi meni ajablantirmaydi»

 21 APREL, 2026, 18:30

«Arsenal» klubi sobiq futbolchisi va taniqli ekspert Pol Merson «Chelsi» yulduzi Koul Palmerning faoliyatidagi ehtimoliy o'zgarishlar haqida gapirdi. Mersonning fikricha, «Chelsi»ning Chempionlar ligasiga yo'llanma ololmagani futbolchining ketishiga sabab bo'lishi mumkin.

«Chempionlar ligasidan quruq qolish «Chelsi» uchun og'ir zarba bo'ladi. Koul Palmer Konferentsiyalar ligasi yoki Evropa ligasida o'ynashga rozi bo'ladi deb o'ylaysizmi? Men bunga ishonmayman. «Manchester Yunayted» EChL yo'llanmasini qo'lga kiritadi va Palmer kelasi mavsumni o'sha erda boshlasa, bundan aslo hayratlanmayman», — dedi Merson.

Eslatib o'tamiz, Palmer 2023 yilda «Manchester Siti»dan 47 million evro evaziga sotib olingan edi. Joriy mavsumda 23 yoshli yarim himoyachi «ko'klar» safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2033 yilgacha imzolangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ