logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Yuventus» moliyaviy holatni yaxshilash uchun yarim himoyachisini sotishga tayyor

 21 APREL, 2026, 18:24

Turinning «Yuventus» klubi yozgi transfer oynasida yarim himoyachi Tyon Kopmeyners bilan xayrlashishi mumkin. Tuttosport nashrining xabar berishicha, klub byudjetini barqarorlashtirish maqsadida bir qator futbolchilarni sotishni rejalashtirmoqda va Kopmeyners asosiy nomzodlardan biri bo'lib turibdi.

Niderlandiyalik futbolchi «byankoneri» safida o'zidan kutilgan o'yinni to'liq namoyish eta olmadi. Turinliklar uning transferidan kamida 30 million evro ishlab olishni ko'zlamoqda. Ayni damda futbolchiga «Manchester Yunayted» va Turkiyaning «Galatasaroy» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, Kopmeyners joriy mavsumda «Yuventus» tarkibida barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ