logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik: «EChLdan chiqib ketish og'riqli bo'ldi, ammo...»

 21 APREL, 2026, 16:48

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik jamoasining evrokuboklardagi ishtirokini yakunlaganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Nemis mutaxassisi mag'lubiyatga qaramay, futbolchilarining ko'rsatgan o'yinidan faxrlanishini ta'kidladi.

«Biz oxirgi ikki o'yinda ajoyib harakat qildik va men jamoam bilan faxrlanaman. Endi asosiy e'tibor La Ligaga qaratiladi. Biz turnir jadvalida ma'lum ustunlikka egamiz, biroq chempionlik poygasi hali tugagani yo'q», — dedi Flik.

Shuningdek, murabbiy «Atletiko»ga qarshi bahsdagi irodani misol qilib keltirdi:

«Biz klub, jamoa va muxlislar uchun bor kuchimizni sarflaymiz. EChLni tark etish og'riqli, ammo bu bizga ichki chempionatdagi bo'lajak o'yinlar uchun qo'shimcha kuch bag'ishlaydi».

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ