logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Uni kechira olmayman»: «Xetafe» himoyachisi Ryudiger bilan bo'lgan mojaroni yodga oldi

 21 APREL, 2026, 16:36

«Xetafe» himoyachisi Diego Riko La Liga doirasidagi o'yinda (1:0) «Real Madrid» himoyachisi Antonio Ryudiger tomonidan yuziga tizza bilan berilgan zarbani hamon kechirmaganini ma'lum qildi.

2 mart kuni bo'lib o'tgan La Liganing 26-turidagi bahsning epizodlaridan birida, Ryudiger yiqilayotib Rikoning elkasiga, so'ngra iyagiga tizzasi bilan zarba bergan edi. «Xetafe» futbolchisi yuzini ushlagancha erga yiqilgan va o'yin to'xtatilgan. Hakam Alexandro Munis maydonga shifokorlarni taklif qilgan, biroq qoida buzilishini qayd etmagan edi.

«U meni tirik qoldirgani uchun hali undan uzr so'rashim ham kerakmi? Ryudiger — juda agressiv o'yinchi, lekin o'sha vaziyatda u me'yordan chiqib ketdi. Men uni kechira olmayman», — dedi Riko La Otra Grada podkastida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ