logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'zbekiston va AQSh shaxmat jamoalari Mayamida xalqaro turnirda ishtirok etadi

 21 APREL, 2026, 15:00

Shu yilning 27–28-iyul kunlari AQShning Mayami shahrida dunyoning eng kuchli shaxmat jamoalari ishtirokida xalqaro turnir bo'lib o'tadi. Mazkur musobaqada AQSh va O'zbekiston terma jamoalarining etakchi grossmeysterlari o'zaro bahs olib boradi.

Mezbonlar — AQSh jamoasi safida dunyo reytingining yuqori pog'onalarini band etib kelayotgan tajribali shaxmatchilar: Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, Uesli So va Levon Aronyan dona suradi.

O'zbekiston jamoasi esa o'zining yosh va iqtidorli tarkibi bilan qatnashadi. Jamoa sharafini Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboev va Shamsiddin Vohidov himoya qiladi. Mutaxassislar ushbu uchrashuvni shaxmatdagi boy tajriba va yoshlik shiddati o'rtasidagi o'ziga xos qarama-qarshilik deb baholamoqda.


Ushbu musobaqa yangi formatda tashkil etilayotgan bo'lib, u ikki mamlakat o'rtasidagi sport aloqalarini mustahkamlash va shaxmatning ommaviyligini oshirishga xizmat qiladi. Tadbir AQSh shaxmat federatsiyasi va O'zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida o'tkazilmoqda

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ