logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Qozog'iston klubi soxta hujjatlar sabab jarimaga tortildi

 21 APREL, 2026, 14:48

Qozog'iston futbol federatsiyasi (QFF) mamlakatning “Han Tengri” klubiga nisbatan jarima sanktsiyasini qo'lladi. Bu haqda Tengri Sport nashri xabar bermoqda.

QFF Intizom qo'mitasining xulosasiga ko'ra, klub mutasaddilari xizmat tekshiruvi davomida murabbiylik faoliyati uchun zarur bo'lgan UEFA “C” toifasidagi soxta litsenziyalarni taqdim etganlikda gumonlanmoqda. Shuningdek, federatsiya klubni tekshiruvga to'sqinlik qilish va hamkorlikdan bosh tortishda aybladi.

Federatsiya qarori bilan klubga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (taxminan 215 ming tenge yoki 6,2 million so'm) miqdorida jarima tayinlandi. Klub ushbu mablag'ni 14-mayga qadar to'lashi shart. Agar belgilangan hujjatlar va tushuntirish xatlari o'z vaqtida taqdim etilmasa, “Han Tengri”ga nisbatan quyidagi qattiqroq choralar ko'rilishi mumkin:

Ochkolarni olib tashlash;
Pastki divizionga tushirib yuborish;
Mas'ul shaxslarni futbol faoliyatidan chetlatish.

“Han Tengri” klubi barcha ayblovlarni rad etib, tekshiruv jarayonida to'liq hamkorlik qilganini ta'kidlamoqda. Klub bayonotiga ko'ra, shubhali mutaxassislar sinov muddati bilan ishga olingan va hujjatlarning haqiqiyligini tekshirish imkoniyati bo'lmagan.

“Litsenziyalash jarayonida ushbu hujjatlar haqiqiy emasligi aniqlangach, klub darhol mazkur shaxslar bilan hamkorlikni to'xtatgan. Hozirda ular klub tuzilmasida faoliyat yuritmayapti”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ