logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Estevaoning jarohati bo'yicha ma'lumot berildi

 21 APREL, 2026, 12:54

«Chelsi» va Braziliya terma jamoasi a'zosi Estevao sonining orqa mushagidan jarohat oldi. Insayder Kae Motaning xabar berishicha, futbolchining tiklanishi uchun 15 kundan 20 kungacha vaqt talab etiladi.

Ma'lum bo'lishicha, iqtidorli vinger may oyida safga qaytadi. U «Chelsi» tarkibida Angliya kubogi finalida (agar jamoa u erga chiqa olsa) maydonga tushishga va Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining Jahon chempionati uchun qaydnomasidan joy olishga umid qilmoqda.

Shifokorlar va murabbiylar shtabi Estevaoning may oyidagi yig'inga tayyor bo'lishiga shubha qilishmayapti. Shunday qilib, 19 yoshli futbolchi yozda bo'lib o'tadigan mundialni o'tkazib yubormaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ