logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gabriel Jezus sobiq jamoasi muxlisining haqoratiga javob qaytardi

 21 APREL, 2026, 12:24

«Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezus va «Manchester Siti» muxlisi o'rtasida mojaro yuzaga keldi.

Futbolchi APLning 33-turidan o'rin olgan ikki jamoa o'rtasidagi bahsni zaxira o'rindig'ida boshladi. Ijtimoiy tarmoqlarda 2017 yildan 2022 yilgacha «shaharliklar» sharafini himoya qilgan braziliyalik futbolchining maydon chetida chigal yozdi mashqlarini bajarayotgani aks etgan video tarqaldi.

Hujumchining orqasida turgan «Siti» muxlislaridan biri unga qarata: «Sotqin, hisob qanaqa?» — deb baqirgan. Bu Jezusning e'tiborini tortdi va u muxlisning oldiga kelib, qo'li bilan ko'kragiga ishora qilgan holda: «Men bu erda 11 ta sovrin yutganman», — deb javob qaytardi.

Muxlis esa: «Ha, lekin hozir kimsan? Hozir kimsan o'zi?» — deya baqirishda davom etgan. Shundan so'ng braziliyalik futbolchi muxlisga ishora qilib, qo'llari bilan boshida «shox» belgisini (yoki aqldan ozganlik ishorasini) ko'rsatgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ