logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«PSJ» darvozaboni raqobatda yutqazgach, odamovi bo'lib qoldi

 21 APREL, 2026, 12:06

«PSJ» darvozaboni Lyuka Shevale Matvey Safonov bilan raqobatda imkoniyatni boy bergach, kiyinish xonasida o'zini boshqalardan chetga ola boshladi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, 24 yoshli frantsuz jamoadoshlarining ko'ziga odamovi bo'lib ko'rinmoqda va ko'proq murabbiylar shtabi hamda tajribali hamkasblari bilan muloqot qilishni afzal ko'ryapti.

Qayd etilishicha, Safonov mavsum yakuniga qadar klubning asosiy darvozaboni sifatida o'z o'rnini saqlab qolishi kutilmoqda. Rossiyalik posbon jamoada yuqori qadrlanadi, uning doimiy ko'tarinki kayfiyati esa «PSJ» murabbiylari tomonidan tez-tez e'tirof etiladi.

Shunga qaramay, Shevalening murabbiylar shtabi bilan munosabatlari yaxshi ekani aytilmoqda.

2024 yilning yozida «PSJ»ga o'tgan Shevale so'nggi bor 23 yanvar kuni Liga 1 ning 19-turi doirasidagi «Oser»ga qarshi o'yinda maydonga tushgan edi. Safonov esa ushbu mavsumda barcha turnirlarda 20 ta o'yin o'tkazib, ularning 9 tasini «quruq» (gol o'tkazmasdan) yakunladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ