Gvardiola Savinoning transferini blokladi
21 APREL, 2026, 12:06
Manbalarning xabar berishicha, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 22 yoshli braziliyalik hujumchi Savinoning ehtimoliy transferini to'xtatib qolmoqchi. Bu haqda Football Insider nashri yozmoqda.
Nashrning qayd etishicha, hujumchi klubda etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani sababli uni bir nechta klublar kuzatib bormoqda. Xususan, futbolchiga «Tottenxem» qiziqish bildirmoqda.
Savino 2024 yilda «Jirona»dan «Manchester Siti»ga o'tgan edi. Joriy mavsumda hujumchi klub safida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
