logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kristensen «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortdi

 21 APREL, 2026, 12:00

Himoyachi Andreas Kristensen «Barselona»ning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 30 yoshli daniyalik futbolchini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishni APL, Bundesliga, A Seriya va La Liganing bir qator jamoalari rejalashtirmoqda.

Amaldagi shartnoma taklifi Kristensenning kutganlariga mos kelmayapti, bu esa uning ushbu jamoadagi kelajagini so'roq ostida qoldirmoqda.

Himoyachi 2022 yilning iyul oyidan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda u 17 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 9 million evroga baholagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ