«MYu», «Chelsi» va «Liverpul» Krupiga xaridor
21 APREL, 2026, 11:42
«Bornmut» hujumchisi Eli Krupi agar potentsial xaridor katta miqdordagi tovon pulini to'lasa, yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, ingliz klubi rahbariyati hujumchi sotuvidan taxminan 70 million evro ishlab olmoqchi. Avvalroq matbuotda ushbu futbolchiga «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Arsenal» va «Liverpul» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Krupi 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'nta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Hujumchining «Bornmut» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
