logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tchuameni Kazemironing o'rnini to'ldirishi mumkin

 21 APREL, 2026, 11:24

«Real Madrid» yarim himoyachisi Orelen Tchuameni «Manchester Yunayted»da Kazemironing o'rnini bosishi mumkin bo'lgan nomzodlar ro'yxatida yuqori o'rinni egallab turibdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Avvalroq, braziliyalik futbolchi mavsum yakunida «MYu»ni tark etishi ma'lum bo'lgan edi. Shu sababli Manchester klubi yozgi transfer oynasida shartnoma imzolash uchun yangi, yuqori saviyali tayanch yarim himoyachisini qidirmoqda.

26 yoshli Tchuamenining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Uning transferi Madrid klubining yozda yangi yarim himoyachi sotib olishiga hamda ushbu xaridni moliyalashtirish uchun boshqa futbolchilarni sotish zaruratiga bog'liq bo'lishi mumkin.

Joriy mavsumda Orelen La Ligada 28 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ