logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Qozog'iston Jahon kubogining ilk kunidayoq ikkita mag'lubiyatni qabul qildi

 21 APREL, 2026, 10:00

Kecha Braziliyada boks bo'yicha kattalar o'rtasida World Boxing Jahon kubogi musobaqasi start oldi.

Musobaqaning dastlabki kunida vakillarimiz ishtirokidagi bellashuvlar o'tkazilmadi.

Qo'shni Qozog'iston terma jamoasining besh nafar azosi kecha o'z janglarini o'tkazib, ulardan uch nafari g'alaba qozondi, qolgan ikki bokschi ishtirokidagi bellashuvlarda esa mag'lubiyat qayd etildi.

Qozog'istonlik bokschilarning kechagi natijalari:

Dias Moljigitov (80 kg) yaponiyalik Kay Toriabeni ikkinchi raundda TKO orqali mag'lub etdi.

Nazim Kizaybay (54 kg) 1/16 final bosqichida Turkiya vakilasi Aysen Taskinni engdi - 4:1 

Janseri Kosherbaev (60 kg) 1/16 final bosqichida irlandiyalik Jud Gallaxerga ochkolar hisobiga ko'ra engildi

Daulet Tulemisov (90 kg) 1/8 final bosqichida braziliyalik Filo Isayasga mag'lub bo'ldi - 0:5 

Farrux Toxtasinov (70 kg) irlandiyalik Jon Makkonellni 3:2 hisobida engdi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ