logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabiano Karuana o'zbek shaxmatining "oltin avlodi" haqida gapirdi

 21 APREL, 2026, 09:16

Dunyoning amaldagi uchinchi raqamli shaxmatchisi amerikalik Fabiano Karuano o'zbek shaxmatchilari haqida berilgan savolga javob berdi.

"Rustam Qosimjonov hali 2020-2021 yillarda o'sha paytda juda yosh bo'lgan iqtidorli yigitlar haqida gapira boshlagandi. U hatto Nodirbek Yaqubboevni iqtidorlilar orasida eng umidli shaxmatchi deb hisoblardi. Ochig'i, shaxmatchilar shunchalik yosh va shunchalik kuchli bo'lgan paytda bunday taxmin qilish juda qiyin.

Nodirbek Abdusattorov bilan ilk bor 2021 yilgi rapid jahon chempionatida o'ynaganman, yakunda u g'olib chiqqandi. Javohir Sindarov haqida ham 2021 yilda eshitganman, lekin u bilan ilk bor 2023 yilgi Grand Swiss turnirida to'qnash keldik. O'shanda uning reytingi unchalik baland bo'lmasa-da, u kuchli ekanini his qilganman. Debyutlarda biroz g'alati, shubhali uslubda o'ynar edi. O'shanda Javohir juda tez orada xavfli raqibga aylanishini tushunganman.

Nodirbek Abdusattorov esa allaqachon o'zini dunyoga tanitib ulgurgan. Uning Olimpiada g'olibi bo'lgani biz uchun yangilik emas, bu bir necha yil oldin bo'lgan voqea. Ammo Javohirning Nomzodlar turnirida +6 natija qayd etishi — mana bu hamma uchun chinakam syurpriz va katta kashfiyot bo'ldi!", - dedi Karuana. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ