logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

2026 Oeiras Ladies Open. Kudermetova asosiy davraga yo'l oldi

 21 APREL, 2026, 08:48

Portugaliyaning Oeyrash shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 195,652 evroni tashkil etuvchi turnirning saralash bahslari yakuniga etdi.

Musobaqaning saralash bahslarida mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Polina Kudermetova ham ishtirok etdi. Saralash turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan vakilamiz 1/2 finalda portugaliyalik Beatriz Kastroni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratgandi - 6/1, 6/1. 

Polina saralashning final uchrashuvida xorvatiyalik Lea Boshkovichga qarshi kortga chiqdi. Oltmish etti daqiqa davom etgan bahsda Kudermetova 6/3, 6/0 hisobida zafar quchib, asosiy to'rga yo'llanma oldi. Vakilamiz 7, raqibasi 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Polinada anchayin ko'proq bo'ldi - 7 ga 2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. 

Dunyoning 137-raketkasi bo'lib turgan Kudermetova bugun asosiy to'rning 1/16 final bahsida shveycariyalik Selin Naefga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 15:30da boshlanadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ