APLni tark etgan birinchi klub ma'lum bo'ldi: «Vest Xem» intrigaga nuqta qo'ydi
21 APREL, 2026, 06:54
«Kristal Pelas» va «Vest Xem» o'rtasidagi kechki uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangach, Angliya premer-ligasida mavsum autsayderlaridan birining taqdiri hal bo'ldi. Ushbu natija «Vulverxempton» uchun halokatli bo'ldi.
Tur oldidan «bo'rilar»da elitada qolish uchun juda kam imkoniyat saqlanib turgan edi. Buning uchun ular raqobatchilarining mag'lub bo'lishi kerak edi. Ammo «Vest Xem» «Selxerst Park»da kamida bir ochko ishlab olgach, ochkolar orasidagi farq etib bo'lmas darajaga etdi.
Ayni paytda «Vest Xem» 33 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda, «Vulverxempton» esa 17 ochko bilan 20-pog'onada joylashgan.
Hatto qolgan beshta o'yinning barchasida g'alaba qozongan taqdirda ham «Vulverxempton» 17-o'ringa etib bora olmaydi. Shu tariqa, jamoa rasman Angliya Premer-ligasi bilan xayrlashdi.
