logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» Salohning o'rnini kim bosishini aniqlab oldi

 20 APREL, 2026, 23:30

«Liverpul» klubi mavsum yakunida jamoani tark etadigan Muhammad Salohga o'rinbosar sifatida Yan Diomandeni ko'rib chiqmoqda.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, Yan Diomande Salohning o'rnini bosish uchun «Liverpul»ning asosiy nishoniga aylangan. «Leyptsig» vingerining transferi ingliz klubida qaror qabul qiluvchi barcha mas'ullar tomonidan ma'qullangan.

Hozirda futbolchining Roc Nation Sports agentligidagi yangi vakillari bilan aniq muzokaralar olib borilmoqda. Shunga qaramay, hali kelishuvga erishilgani yo'q va klublar ham rasmiy muzokaralarni boshlamagan.

O'z navbatida, «Leyptsig» Diomandening maoshini qayta ko'rib chiqish va amaldagi shartnomasini uzaytirishdan manfaatdor. Shuningdek, ivuarlik futbolchiga «PSJ» ham da'vogarlik qilmoqda va allaqachon uning agentlari bilan uchrashuv o'tkazishga ulgurgan.

Ma'lumot uchun, Yan joriy mavsum Bundesligada 29 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ