logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted» Kazemiro o'rniga Kamavinga transferini rejalashtirmoqda

 20 APREL, 2026, 22:24

«Manchester Yunayted» klubi «Real» yarim himoyachisi Eduardu Kamavingaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.

Angliya klubi 23 yoshli frantsuz futbolchisini fevral oyida 34 yoshga to'lgan braziliyalik tayanch yarim himoyachi Kazemironing o'rniga munosib voris sifatida ko'rmoqda. «Qizil iblislar» yozgi transfer oynasida Kamavingani sotib olishga urinadi. Bunga uning «Real»dagi noaniq holati ham sabab bo'lmoqda.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Eduardu Kamavinganing bozor qiymati 50 million evroga baholangan. Uning «Real» bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Joriy mavsumda frantsuz yarim himoyachisi barcha musobaqalarda 37 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kazemiro esa ushbu mavsumda «Manchester Yunayted» safida 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol va 2 ta assist qayd etgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ