logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Slot «Liverpul»dagi jarohatlar fonida yosh futbolchilarini qaydnomaga kiritish haqida hazil qildi

 20 APREL, 2026, 20:12

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot APL 33-turidan o'rin olgan «Everton»ga qarshi bahsda (2:1) darvozabon Georgiy Mamardashvili olgan jarohat haqida to'xtalib o'tdi. O'sha o'yinda gruziyalik posbonni jamoaning uchinchi darvozaboni Freddi Vudman almashtirgan edi.

«Joriy mavsumda jamoamizdagi jarohatlar borasida sizni yana nimadir hayron qoldirishi mumkinmi? Balki men buni oldindan sezgandirman, chunki zaxira o'rindig'ida odatda bo'lmaydigan holat — ikkita darvozabon bor edi. Bu, albatta, boshqa pozitsiyalardagi futbolchilarning etishmovchiligi bilan bog'liq. Freddi o'z ishini a'lo darajada uddaladi.

Georgiy kasalxonaga yotishiga to'g'ri keldi, jarohati jiddiy, voqealar rivojini kuzatamiz. Ammo Freddi katta maqtovlarga loyiq, chunki gol o'tkazib yuborilgan vaziyatdan so'ng darhol maydonga tushib, ishini yaxshi bajardi. U qiyin lahzada xotirjamlikni saqladi va munosib o'yin ko'rsatish uchun bor kuchini sarfladi.

Odatda uchinchi darvozabonlar ko'p o'ynashmaydi. Lekin biznikidek mavsumda, menimcha, agar sen hozir «Liverpul»ning 8 yoshgacha bo'lgan (U8) jamoasida o'ynayotgan bo'lsang ham, asosiy tarkibdagi debyutga tayyor turishing kerak. Chunki boshimizga tushayotgan ko'rgiliklar shunchaki aql bovar qilmaydigan darajada», — deya Slotning so'zlarini keltiradi mersisaydliklar rasmiy sayti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ