«Napoli» Romelu Lukaku va Kevin De Bryuyne bilan hamkorlikni to'xtatishi mumkin
20 APREL, 2026, 19:12
Italiyaning «Napoli» klubi rahbariyati belgiyalik yulduzlar — Romelu Lukaku va Kevin De Bryuynening shartnomalarini uzaytirish masalasida ikkilanib qolmoqda. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Lukakuning amaldagi kelishuvi joriy mavsum yakunida nihoyasiga etsa, De Bryuynening shartnomasi kelasi yili tugaydi. Klubning moliyaviy siyosatini qayta ko'rib chiqayotgan neapolliklar uchun ushbu futbolchilarning yuqori miqdordagi ish haqi asosiy to'siq bo'lib xizmat qilmoqda.
«Napoli» kelgusi mavsum uchun maoshlar jadvalini optimallashtirish va moliyaviy barqarorlikni ta'minlash maqsadida tajribali futbolchilar bilan xayrlashish imkoniyatini baholamoqda. Shuningdek, klub yozgi transferlar uchun byudjetni yaxshilash maqsadida Evropa Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishni asosiy vazifa etib belgilagan.
Garchi jamoa so'nggi turda «Latsio»ga imkoniyatni boy bergan bo'lsa-da, Antonio Konte shogirdlari ayni paytda A Seriya turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Neapolliklar ta'qibchilari — «Yuventus»dan 3 ochko, «Komo»dan esa 8 ochko oldinda bormoqda.
