logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Echeverri markaziy hujumchi pozitsiyasida harakat qiladi

 20 APREL, 2026, 19:06

Ispaniyaning «Jirona» klubi yarimhimoyachisi Klaudio Echeverri jamoadagi kadrlar muammosi sababli markaziy hujumchi pozitsiyasida o'ynashda davom etadi.

2026 yilning yanvar oyida «Manchester Siti»dan ijaraga olingan 20 yoshli argentinalik hujumkor yarim himoyachi La Liganing 31-turidan o'rin olgan «Real Madrid»ga qarshi bahsda (1:1) «yolg'onchi to'qqizlik» vazifasini bajargan edi.

Jamoa bosh murabbiyi Michel Sanches hujumchilar Vladislav Vanat va Abel Ruisning jarohatlari, shuningdek, Kristian Stuanining o'yinga to'liq tayyor emasligi sababli Echeverrini mavsum yakuniga qadar ushbu pozitsiyada sinab ko'rishga majbur bo'lmoqda.

Ma'lumot o'rnida ta'kidlash joizki, ukrainalik hujumchi Vladislav Vanat «Vilyarreal» bilan o'yinda olgan jarohati tufayli mavsumni muddatidan oldin yakunlagan. Abel Ruis esa aynan «Real» bilan bahsda Echeverrining o'rniga zaxiradan maydonga tushgach, shikastlangan edi.

Klaudio Echeverri joriy mavsumda «Jirona» safida barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuvda maydonga tushib (324 daqiqa), 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ