Figu: «Desham «Real»da muvaffaqiyatga erisha oladi»
20 APREL, 2026, 18:30
Portugaliyalik afsonaviy futbolchi Luish Figu Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamning kelajagi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Avvalroq, Desham AQSh, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan JCh-2026 turniridan so'ng terma jamoani tark etishi ma'lum bo'lgan edi. Xabarlarga ko'ra, hozirda Alvaro Arbeloa boshqarayotgan Madridning «Real» klubi Desham xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
«Siz frantsuzlar Desham terma jamoa bilan erishgan g'alabalari uchun undan juda minnatdor bo'lishingiz kerak. Endi sizni yangi bosqich kutmoqda va qo'lingizdagi sifatli futbolchilar bilan ikkita iqtidorli jamoa tuzishingiz mumkin.
Deshamni ham yangilik kutmoqda. Unda «Real»da muvaffaqiyat qozonish uchun etarlicha tajriba va shaxsiy fazilatlar borligi aniq», — deya Figuning so'zlarini keltiradi RMC Sport.
Eslatib o'tamiz, «Real» bosh murabbiyligiga nomzodlar orasida Zinedin Zidanning rad javobidan so'ng Desham varianti yanada faolroq muhokama qilinmoqda.
