logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yerro Salohni «Real»da ko'rishni istamoqda

 20 APREL, 2026, 18:30

Madridning «Real» klubi va Ispaniya terma jamoasi afsonaviy himoyachisi Fernando Yerro misrlik hujumchining «qaymoqranglilar» safiga o'tishi borasidagi istagini bildirdi. Eslatib o'tamiz, Muhammad Saloh «Liverpul»dagi so'nggi mavsumini o'tkazmoqda.

«Men uni «Real» tarkibida ko'rishni istagan bo'lardim. Futbolda hamma narsaning iloji bor, shu jumladan buni ham. Saloh har tomonlama aql bovar qilmaydigan darajadagi futbolchi. Agar u «Real» yoki hatto «Barselona» darajasidagi klubga o'tsa, chempionatga bo'lgan qiziqishni juda yuqori darajaga ko'targan bo'lardi», — deya Yerroning so'zlarini keltiradi ON Sport.

Qayd etish lozimki, Muhammad Saloh faoliyati davomida Italiya chempionatida to'p tepgan, biroq hech qachon Ispaniyada o'ynamagan. Endilikda erkin agent sifatida uning keyingi manzili qaysi klub bo'lishi futbol olamining diqqat markazida turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ