Gasperini «Roma» xo'jayinlariga ultimatum qo'ydi
20 APREL, 2026, 18:12
Italiyaning «Roma» klubi bosh murabbiyi Jan Pero Gasperinining jamoadagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda. Bu haqda Il Messaggero nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, mutaxassis klub rahbariyatiga yana bir mavsum jamoada qolishi uchun bajarilishi shart bo'lgan talablar ro'yxatini taqdim etgan.
Birinchi talab: Sport direktori Klaudio Raneri bilan har qanday ishchi aloqalarni to'xtatish va murabbiy bevosita hamkorlik qila oladigan yangi sport direktorini topish.
Ikkinchi talab: Tibbiy va texnik xodimlar tarkibini to'liq yangilash. Hozirda ushbu bo'limlardagi bir necha kishi Ranerining ishonchli vakillari hisoblanadi.
Transferlar ustidan nazorat: Gasperini transfer strategiyasini to'liq o'z nazoratiga olishni va jamoani kuchaytirish uchun futbolchilarni shaxsan o'zi tanlashni istamoqda. Murabbiyning fikricha, «Roma» raqobatbardosh bo'lib qolishi uchun asosiy tarkibga kamida 3–4 nafar yangi etakchi futbolchilar kerak.
Agar Rim klubi xo'jayinlari ushbu talablarni bajarishdan bosh tortsa, 2025 yilning yozidan beri jamoani boshqarib kelayotgan 68 yoshli murabbiy faoliyatini xorijda davom ettirish variantlarini ko'rib chiqishga tayyor.
