logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa: "Real"ga La Ligadan ko'ra Chempionlar ligasini yutish osonroq"

 20 APREL, 2026, 16:36

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoaning Ispaniya chempionati va Evropa maydonlaridagi ishtiroki borasida o'z mulohazalarini bildirdi.

Tajribali mutaxassisning fikricha, so'nggi yillarda jamoaning ichki chempionatdagi natijalari barqaror emas va bu borada isloh qilinishi lozim bo'lgan jihatlar mavjud.

— So'nggi oylar davomida kuchli raqiblarga qarshi muhim bahslarda ancha yaxshi o'yin namoyish etdik. Biroq nisbatan kuchsiz jamoalar bilan bo'lgan uchrashuvlarda oqsash kuzatilmoqda. Oxirgi uch oylik natijalarga nazar tashlasak, o'yinimizni kuchaytirish uchun imkoniyatlar etarli ekanligini ko'rish mumkin, — dedi murabbiy.

Shuningdek, Arbeloa La Ligadagi hakamlik va kutilmagan vaziyatlarga to'xtalar ekan, kutilmagan bayonot bilan chiqdi:

— «Jirona»ga qarshi bahsda yuzaga kelgan vaziyatlarni inobatga olsak, «Real» uchun La Ligaga qaraganda Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish osonroqdek tuyulmoqda. Bu holat ko'p narsadan dalolat beradi, — deya qo'shimcha qildi u.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 10 aprel kuni La Liga doirasida kechgan «Real» va «Jirona» (1:1) uchrashuvida bahsli vaziyat yuzaga kelgan edi. O'yinning 88-daqiqasida Kilian Mbappe raqib jarima maydoni ichida yiqitilgan bo'lsa-da, bosh hakam Xaver Alberola Roxas mezbonlar foydasiga penalti belgilamagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ