logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Emeri: «APL — bizning asosiy ustuvor vazifamiz, ikkinchisi — Evropa Ligasi»

 20 APREL, 2026, 16:18

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri jamoaning ushbu mavsumdagi maqsadlari haqida gapirib berdi.

«Premer-liganing so'nggi ikkita uy uchrashuvida «Vest Xem» va «Sanderlend» ustidan g'alaba qozondik va ikkita juda yaxshi o'yin o'tkazdik. Mana shu — bizning yo'limiz. Premer-liga — bizning asosiy ustuvor vazifamiz, ikkinchisi esa — Evropa Ligasi. Evropa Ligasida ham «Lill» va «Bolonya»ga qarshi fantastik o'yinlar namoyish etdik. Bizga ishonch qaytmoqda va o'zimizni qulay his qilyapmiz», — deya Emerining so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Ayni damda «Aston Villa» 58 ochko bilan APL turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Evropa Ligasida esa Birmingem klubi yarim finalga yo'l oldi va u erda «Nottingem Forest» bilan kuch sinashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ