logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mamardashvili jarohatidan so'ng bayonot berdi

 20 APREL, 2026, 15:54

Yakshanba, 19 aprel kuni Angliya Premer-ligasining 33-turi doirasida «Everton» va «Liverpul» jamoalari o'rtasidagi mersisayd derbisi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda «qizillar» «irislar» ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

O'yin davomida mehmonlar darvozaboni Georgiy Mamardashvili jarohat oldi. Gruziyalik futbolchi maydonni zambilda tark etdi va shundan so'ng shifoxonaga olib ketildi.

«Xudoga shukur, hammasi joyida. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchaga katta rahmat. Men tez orada qaytaman», — deb yozdi 25 yoshli darvozabon ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Joriy mavsumda Georgiy «Liverpul» safida 18 ta o'yinda ishtirok etdi va o'z darvozasidan 29 ta to'p olib chiqdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ