logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Soboslai shartnoma bo'yicha muzokaralarda siljish yo'qligini ma'lum qildi

 20 APREL, 2026, 14:54

«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai yangi shartnoma borasidagi muzokaralar haqidagi savolga javob berdi.

«Hech qanday sezilarli siljish kuzatilmayapti, shuning uchun shartnomam bilan bog'liq vaziyat bo'yicha yangi gap ayta olmayman.

Oldinda hali o'yinlar ko'p va men bor e'tiborimni shunga qaratganman. Bilasizmi, amaldagi shartnomam 2028 yilda tugaydi, shu bois har kuni, har hafta bor kuchimni berishga tayyorman, keyin esa nima bo'lishini ko'ramiz.

Albatta, o'zimni uzoq muddat davomida ushbu klubda ko'ryapman, lekin bu endi faqat menga bog'liq emas. Menga bu er yoqadi. Muxlislarni yaxshi ko'raman. Oilam ham xursand», – dedi Dominik Soboslai.

Ma'lumot uchun, yarim himoyachi joriy mavsumda APLning 31 ta o'yinida 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ