logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola «Arsenal»ni 22-marta mag'lub etdi

 20 APREL, 2026, 14:36

Kecha, 19 aprel kuni Angliya Premer-ligasining 33-turi doirasida «Manchester Siti» va «Arsenal» jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi. Manchesterdagi «Etihad» stadionida kechgan o'yinda «shaharliklar» 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Bu g'alaba «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun «Arsenal» ustidan qozonilgan 22-g'alaba bo'ldi va bu uning murabbiylik faoliyatidagi (ilgari «Barselona» va «Bavariya»ni boshqargan) eng yuqori ko'rsatkichdir.

Ushbu o'yindan so'ng «Manchester Siti» 67 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda, «Arsenal» esa 70 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Ta'kidlash joizki, Gvardiola jamoasida hali bitta zaxira o'yini mavjud.

Kelgusi turda «shaharliklar» 22 aprel kuni safarda «Byornli» bilan kuch sinashadi, «to'pchilar» esa 25 aprel kuni «Nyukasl Yunayted»ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ