logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nevill: «Nyukasl» bilan o'yin «Arsenal» uchun jiddiy xavf tug'diradi»

 20 APREL, 2026, 13:18

«Manchester Siti»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, taniqli sobiq himoyachi Gari Nevill «Arsenal»ning chempionlik poygasidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

«Kanonirlar» yakshanba kuni «Etixad»da bo'lib o'tgan o'zaro to'qnashuvda «shaharliklar»ga imkoniyatni boy berishdi (1:2).

Londonliklar hamon peshqadamlik qilishmoqda, biroq endi «Siti» bilan oradagi farq bor-yo'g'i uch ochkoni tashkil etmoqda, vaholanki Xosep Gvardiola shogirdlari ixtiyorida yana bitta zaxira o'yini mavjud.

«Menimcha, kelasi shanba kuni bo'lib o'tadigan «Nyukasl»ga qarshi bahs «Arsenal» uchun jiddiy xavf tug'diradi. Bugun jamoa yaxshi o'ynadi. Ular «Etixad»ga kelib, shunchaki qarab tura olmasdilar va bunday qilishmadi ham. Ammo «Emireyts»dagi asabiy muhit... Agar «Arsenal» «Nyukasl» bilan o'yinni yaxshi boshlay olmasa yoki «Nyukasl» tezkor gol ursa, ochko yo'qotilishi ehtimoli juda yuqori», — dedi Nevill Sky Sports efirida «chempionlik kurashi» yakunlarini muhokama qilar ekan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ