Proliga: Bugun 4-tur doirasida uchta uchrashuv bo'lib o'tadi
20 APREL, 2026, 12:54
Bugun Proliga musobaqasining 4-tur bahslari o'tkaziladi. Tur doirasidan uchta qarama-qarshilik o'rin olgan bo'lib, ularning eng diqqatga sazovori Qashqadaryo derbisidir.
Kunning dastlabki o'yinida «Lochin» jamoasi o'z maydonida «Sho'rtan»ni qabul qiladi. Mazkur bahs soat 16:30 da boshlanadi. Shuningdek, soat 18:00 da «Metallurg» — «BuxDU» hamda «Yaypan» — «Jayxun» qarama-qarshiliklariga start beriladi.
O'zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur o'yinlarni boshqarib boradigan rasmiy shaxslar ro'yxatini e'lon qildi:
«Lochin» – «Sho'rtan» Uchrashuvni Sardor Mirodilov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Aleksandr Burov va Alpamis Bayniyazov yordam beradi. Nazoratchi — Konstantin Smirnov, komissar — Elbek Jo'raev.
«Metallurg» – «BuxDU» Mazkur bahsda Shavkat Nasibullaev bosh hakam sifatida ishlaydi. Yordamchi hakamlar: Mahmud Rustamov va Muhammadali Nurmamatov. Nazoratchi — Mo'minjon Majidov, komissar — Diyor Xotamqulov.
«Yaypan» – «Jayxun» Ushbu o'yinni Nurbek Sheraliev boshqaradi. Unga qanotlarda Behruz Berdibekov va Sultonmurod Xojiev assistentlik qiladi. Nazoratchi — Fayzullo Hasanov, komissar — Davron Ibrohimov.
