logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted» afsonasi: «Arsenal»ni qo'llab-quvvatlashga majburman»

 20 APREL, 2026, 12:48

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Roy Kin Premer-liga chempionlik poygasida kimga xayrixoh ekani haqidagi savolga javob berdi. Yakshanba kuni «Manchester Siti» o'z maydonida «Arsenal»ni mag'lub etdi (2:1) va turnir jadvalidagi farqni uch ochkogacha qisqartirdi, «shaharliklar»ning zaxirada bitta kam o'yini bor.

Ko'pchilik allaqachon «kanonirlar»ni chempionlikka tayyorlab qo'ygan bo'lsa-da, ular endi yaqqol favorit hisoblanmaydi. Kin kim chempion bo'lishi haqida gapirar ekan, Mikel Arteta jamoasi unga yaqinroq ekanini tan oldi.

«Menga farqi yo'q. Lekin "Arsenal"ni qo'llab-quvvatlashga majburman», — dedi taniqli irlandiyalik sobiq yarim himoyachi Sky Sports studiyasida.

«Arsenal» 2004 yildan beri chempionlikni qo'lga kiritmagan, «Manchester Siti» esa oxirgi marta 2024 yilda chempionlikni rasmiylashtirgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ