logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Shirer «Manchester Siti»ning «Arsenal» ustidan qozonilgan g'alabasidan so'ng o'z fikrini bildirdi

 20 APREL, 2026, 12:24

Mashhur sobiq hujumchi Alan Shirer Angliya Premer-ligasidagi chempionlik poygasi qanday yakunlanishi borasidagi prognozi bilan o'rtoqlashdi. «Manchester Siti» yakshanba kungi bahsda «Arsenal»ni mag'lubiyatga uchratdi (2:1).

Endilikda «kanonirlar»ning «shaharliklar»dan farqi bor-yo'g'i uch ochkoni tashkil etmoqda. Xosep Gvardiola jamoasi bitta kam o'yin o'tkazgan va agar chorshanba kuni «Byornli» mag'lub etilsa, ochkolar bo'yicha londonliklarga etib oladi.

"Siti" bu o'yinda g'alaba qozonishini ich-ichimdan sezgandim. Ularning ayni damdagi formasi va tajribasini inobatga olsak, chempionlik ularga nasib etadi deb taxmin qilaman. Gvardiola, Xoland va "Siti" muxlislariga qaraganingizda, ular ham xuddi shuni his qilayotgani seziladi", — deya Shirerning so'zlarini keltirmoqda NBC Sports.

«Arsenal» ketma-ket to'rtinchi mavsumni ikkinchi o'rinda yakunlash xavfi ostida turibdi. «Manchester Siti» esa so'nggi olti mavsum ichida beshinchi bor titulni qo'lga kiritishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ