logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Van Deyk Salohning ketishi haqida gapirdi

 20 APREL, 2026, 12:00

«Liverpul» markaziy himoyachisi Virgil van Deyk misrlik hujumchi Muhammad Salohning klubdan ketishi haqida fikr bildirdi. Futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan keyin mersisaydliklar safini tark etadi.

«Saloh ham maydonda, ham uning tashqarisida jamoa uchun juda muhim. Ba'zida futbolchilarni ular ketganidan keyingina qadrlay boshlaydilar. U ajoyib jamoadosh, biz birgalikda ham g'alabalarni, ham mag'lubiyatlarni boshimizdan o'tkazdik. Premer-liganing qolgan uchrashuvlarida uning yordami bizga juda kerak bo'ladi», — deya niderlandiyalik himoyachining so'zlarini keltirmoqda Sky Sports.

Saloh 2017 yilning yozidan buyon Angliyaning ushbu top-klubida to'p surib kelmoqda. 33 yoshli misrlik futbolchining bozor qiymati 30 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ