logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Emeri "Aston Villa"ning dramatik o'yindagi g'alabasini sharhladi

 20 APREL, 2026, 11:54

Angliya Premer-ligasining 33-turi doirasidagi o'z maydonida kechgan bahsda Birmingemning «Aston Villa» jamoasi «Sanderlend» ustidan 4:3 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar ustozi Unai Emeri bo'lib o'tgan uchrashuv haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

«Jamoa maydonda ancha qiynaldi. Biz juda og'ir bellashuvni o'tkazdik, lekin yaxshi futbol namoyish etdik. O'yin yakuni shunchaki aql bovar qilmas darajada kechdi. Maqsadimiz g'alaba qozonish edi. So'nggi daqiqada biz hujumga tashlandik va hal qiluvchi golni urdik. Bu uchrashuvda men juda ko'p hissiyotlarimni sarfladim», — deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.

Emeri shogirdlari 58 ochko jamg'argan holda Angliya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda borishmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ