logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» APLda tarixiy rekord o'rnatdi

 20 APREL, 2026, 11:30

Angliya Premer-ligasi 33-turidan o'rin olgan o'yinda «Liverpul» safarda «Everton»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. «Qizillar» APL tarixida turnir doirasida 60 ta turli stadionda g'alaba qozongan ilk jamoaga aylandi. Bu haqda Squawka xabar bermoqda.

90+10-daqiqada Virjil van Deyk g'alaba golini kiritib, «Liverpul»ga yangi tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan g'alabani taqdim etdi. Bu uchrashuv «Xill Dikinson» stadionida o'tgan Mersisayd derbilarining ilk bahsi sifatida ham qayd etildi. Shuningdek, gollarga Muhammad Saloh va Betu mualliflik qildi.

Ushbu o'yindan so'ng «Everton» 33 ta uchrashuvdan keyin 47 ochko bilan turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda. «Liverpul» esa 55 ochko bilan 5-pog'onaga ko'tarildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ