logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

“Liverpul” ikkinchi darvozabonini ham yo'qotdi — Mamardashvili maydonni zambilda tark etdi

 20 APREL, 2026, 10:48

“Liverpul”ning gruziyalik darvozaboni Georgiy Mamardashvili Angliya Premer Ligasining 33-turi doirasidagi “Everton”ga qarshi Mersisayd derbisida jarohat oldi.

Uchrashuvning 54-daqiqasida “Everton” hujumchisi Betu gol urayotgan vaziyatda raqib darvozabonining chap tizzasiga borib urildi. Mamardashvili maydonni mustaqil tark eta olmadi va uni zambilda olib chiqib ketishdi. Uning o'rnini angliyalik darvozabon Frederik Vudman egalladi.

Ma'lumot uchun, 25 yoshli Mamardashvili 2024 yilning yozida “Valensiya”dan “Liverpul”ga o'tgan edi, biroq 2024/25 yilgi mavsumni ijara asosida Ispaniya klubida o'tkazgan. Joriy mavsumda darvozabon barcha turnirlarda 18 ta o'yinda ishtirok etib, shularning 4 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Avvalroq, “Liverpul”ning asosiy darvozaboni Alisson Bekker ham jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan edi.

APLning 33-turidan o'rin olgan ushbu bahsda “Liverpul” mehmonda “Everton” ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

G'olib jamoa tarkibida gollarni Muhammad Saloh (29-daqiqa) va Virjil van Deyk (90+10-daqiqa) kiritdi. Mezbonlarning yagona goliga 54-daqiqada Betu mualliflik qildi. Shuningdek, 27-daqiqada VAR aralashuvidan so'ng “Everton” forvardi Iliman Ndiaening goli bekor qilindi.

Ushbu g'alabadan so'ng “Liverpul” 55 ochko bilan turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi. “Everton” esa 47 ochko bilan 10-pog'onadan joy olgan.

Navbatdagi turda, 25 aprel kuni “Liverpul” o'z uyida “Kristal Pelas”ni qabul qiladi, “Everton” esa shu kuni mehmonda “Vest Hem”ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ